

23 yoshli Mbappe musobaqadagi 11-o'yinida 8 hamda 9-gollarini urishga erishdi. U mundial tarixidagi eng yaxshi to'purarlar ro'yxatida 14-24-o'rindagi futbolchilarga yetib oldi. Francuz o'zi uchun 2-jahon chempionatida qatnashmoqda.
Mundiallar tarixida eng ko'p to'p kiritgan o'yinchilar:
1. Miroslav Kloze (Germaniya) – 16 ta;
2. Ronaldo (Braziliya) – 15;
3. Gerd Myuller (Germaniya) – 14 ta;
4. Jyust Fonten (Fransiya) – 13;
5. Pele (Braziliya) – 12;
6-7. Shandor Kochish (Vengriya) va Yurgen Klinsman (Germaniya) – 11 tadan;
8-13. Xelmut Ran (Germaniya), Gari Lineker (Angliya), Gabriel Batistuta (Argentina), Teofilo Kubilyas (Peru), Tomas Myuller (Germaniya), Gjegoj Lyato (Polsha) – 10 tadan;
14-24. Kilian Mbappe (Fransiya), Lionel Messi (Argentina), Ademir (Braziliya), Eysebio (Portugaliya), Kristian Veri (Italiya), Vava (Braziliya), David Vilya (Ispaniya), Paolo Rossi (Italiya), Jairzino (Braziliya), Roberto Badjo (Italiya), Karl-Xaync Rummenigge (Germaniya), Uve Zeeler (Germaniya) – 9 tadan.



