2018/19 yilgi mavsumda YCHLda Rossiyaning uchta klubi ishtirok etadi

Narzulla Saydullayev
15 mar 2017, 09:27
Portu YCHL nimchorak finalida Yuventusga yutqazdi (ikki o'yin natijasi 0:3) va Portugaliya klublarining bu mavsumdagi evrokuboklardagi ishtiroki yakuniga etdi.

Shu tariqa, Rossiya oxirgi besh mavsumda Evrokuboklar koefficientlar jadvalida kuchli oltitalikka kiradi.

Shu bois 2018/19 yilgi mavsumda Rossiyaning uchta klubi YCHLda ishtirok etadi. Chempion va vice-chempion guruh bosqichiga yo'llanma olsa, uchinchi o'rin sohibi YCHL uchinchi saralash bosqichida ishtirok etadi.

Rossiyaning to'rtinchi va beshinchi klubi hamda Rossiya kubogi sohibi Yevropa ligasida o'ynaydi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sport-express.ru