"Kelajak Yulduzlari" - 2017 futbol festivalida ishtirok eting

Aslanov Jasurbek
25 okt 2017
2015 yil start olgan "Kelajak Yulduzlari" futbol festivalining uchinchi mavsumiga taklif etamiz.

O'zbekiston futbol federatsiyasi, Toshkent shahar futbol federatsiyasi va O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi, "Championat.asia" sayti  bilan hamkorlikda o'tkazilinadigan "Kelajak Yulduzlari"-2017 musobaqasi Qo'yliq-3 massivida, yangi qad ko'targan IBO'SM zalida 9-10-11 noyabr kunlari bo'lib o'tadi. 2007 hamda 2008 yilda tavallud topgan futbolchilar o'rtasida bo'lib o'tadigan musobaqaga taklif etamiz.

Futbol festivali uch kun davom etadi va unda barcha birdek rag'batlantiriladi. 

Musobaqa ro'yxatidan o'tish uchun telefon: +998 90 9540994.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia