19 yoshli tojikistonlik futbolchi "Rubin" bilan shartnoma imzoladi

Tojikiston terma jamoasi va Dushanbening "Istiqlol" klubi hujumchisi Shahrom Samiev faoliyatini RPLda davom ettiradi.

Futbolchining agenti Kova Tilavpurning ma'lum qilishicha, Shahrom Qozonning "Rubin" klubi bilan shartnoma imzolagan.

"Shahrom "Rubin" bilan bitimga imzo chekdi. U asosiy jamoa bilan mashg'ulot o'tkazadi va klubning yoshlar jamoasida doimiy ravishda o'yin amaliyotiga ega bo'lib boradi" , - dedi Tilavpur "Sport24" nashriga.

Ma'lumot uchun, mazkur futbolchi joriy yilgi OCHL pley-off bosqichida "Lokomotiv" (Toshkent") mexmoni bo'lgan "Istiqlol" jamoasining uchrashuv qaydnomasiga kiritilmagan edi.


Manba: Sport24