17 yoshli Balde "Barselona"dagi ikkinchi o'yinida jarohat oldi

Alisher
21 sen 2021
"Barselona" himoyachisi Alexandro Balde Ispaniya chempionati 5-tur doirasidagi "Granada"ga qarshi o'yinda jarohat oldi.

17 yoshli futbolchi futbolchi birinchi taym so'nggida o'zida noqulaylik his qildi. 

42-daqiqada uni Oskar Mingesa almashtirdi. O'sha payt kataloniyaliklar 0:1 hisobida mag'lub bo'lishayotgan edi (yakunda, 1:1).

Balde "Barselona" tarbiyalanuvchisi. U bosh jamoada o'zining ikkinchi, asosiy tarkibda esa ilk o'yinini o'tkazdi.


AlisherMuallif
Manba: fcbarcelona.com