Portugaliyani Lissabonda qanday kutib olishdi? FOTO

Narzulla Saydullayev
12 iyul 2016, 09:06
Krishtianu Ronaldu boshchiligidagi Portugaliya terma jamoasi Yevropa chempioni sifatida o'z uyiga qaytdi.

Terma jamoa delegaciyasini poytaxt Lissabon shahrida minglab muxlislar kutib olishdi. Yevropa chempionlari maxsus avtobusga o'tirib shahar markaziy hiyobonlaridan biriga borishdi. Mamlakat prezidenti Marselu Rebelu de Souza futbolchilarni shu erning o'zida tabrikladi. Quyida yangi chempionlarni o'z uyida qanday kutib olishganini tomosha qiling.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia