

Ushbu o'yinda g'alaba qozonilganida Jorje Jezush jamoasi chempionlikni muddatidan oldin rasmiylashtirgan bo'lardi. Portugaliyalik hujumchi 83-daqiqada almashtirilgan.
"Orzu yaqin. Boshingizni baland tuting, bizga yana bitta qadam qoldi! Bugungi oqshomda ko'rsatgan ajoyib qo'llab-quvvatlaganingiz uchun barchangizga rahmat!" - deb yozdi Ronaldu.
Saudiya Arabistoni chempionatining 33-turidan keyin "Al Nacsr" 83 ochko to'plab, 1-o'rinda bormoqda. Pro-liga tugashiga bitta o'yin qoldi. "Al Xilol" 32 o'yinda 78 ochko to'plab, 2-o'rinda. Ularga mavsum oxirigacha yana ikki o'yin qoldi.



