12 yillik hamkorlikdan so'ng Grizmann maslahatchisi bilan xayrlashdi

Aslanov Jasurbek
9 iyul 2017
"Atletiko" hujumchisi Antuan Grizmann maslahatchisi Erik Olats bilan xayrlashdi.

Grizmann 14 yoshligida ular hamkorlikni boshlashgan edi.

"Grizmann bilan ishlashni to'xtatdim. Endi "Real Sosedad" skauti sifatida faoliyat olib boraman. Ishonch uchun Antuanga minnatdorchilik bildiraman. Uning faoliyatiga omad tilayman" - deydi Olats.

Oldinroq Grizmann "Atletiko" bilan shartnomasini 2022 yilgacha uzaytirgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: L'Equipe