U-16 Osiyo chempionatiga qur'a tashlandi. Raqiblarimiz Janubiy Koreya, Avstraliya va Hindiston

Narzulla Saydullayev
18 iyun 2020
Bugun, 18 iyun kuni OFK shtab-kvartirasida o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga qur'a tashlash marosimi o'tkazilmoqda.

 Qur'aga ko'ra Olim Shokirov boshchiligidagi O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi "C" guruhidan joy oldi. Guruhdagi raqiblarimiz: Janubiy Koreya, Avstraliya va Hindiston bo'ldi.


U-16 Osiyo chempionati-2020 guruhlari

"A" guruhi: Bahrayn, KXDR, Eron, Qatar.
"B" guruhi: Tojikiston, Ummon, Yaman, BAA.
"C" guruhi: Janubiy Koreya, Avstraliya, Hindiston, O'ZBEKISTON.
"D" guruhi: Yaponiya, Indoneziya, Saudiya Arabistoni, Xitoy.


Eslatib o'tamiz, bu yilgi U-16 Osiyo chempionati 16 sentyabr - 3 oktyabr kunlari Bahrayn mamlakatida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia