Rasman: 11 yanvar kuni "Paxtakor" bilan shartnoma imzolagan Avazbek O'lmasaliev kutilmaganda "Bunyodkor" a'zosiga aylandi

Narzulla Saydullayev
1 fev 2022, 23:10
Bu haqida "Bunyodkor" klubi rasman ma'lum qildi.

"O'tgan mavsumni ijara asosida jamoamizda o'tkazgan Avazbek O'lmasaliev endi huquqiy jihatdan “Bunyodkor” futbolchisi!

17 yoshida Superligada debyutini nishonlagan iqtidorli himoyachi 2022 yilgi mavsumda ham “Bunyodkor” libosida to'p suradi. 22 yoshli futbolchi shu kunga qadar Superligada 68 ta uchrashuvda 8 ta golga mualliflik qilgan.

Umid qilamizki, Avazbek O'lmasaliev o'zining yorqin va ishonchli o'yinlari bilan 2022 yilgi mavsumda ham “Bunyodkor”ning g'alabalariga ulkan hissa qo'shadi!", -deyiladi "Bunyodkor" klubi bayonotida.

Eslatib o'tamiz, 11 yanvar kuni "Paxtakor" klubi futbolchi bilan ikki yillik kelishuvga erishganini e'lon qilgandi

Rasmiy xabar: Avazbek O'lmasaliev "Paxtakor" futbolchisiga aylandi


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: "Бунёдкор" матбуот хизмати