10-tur o'yinidan keyin MYU 13-o'rinni egallab turibdi. 1986 yildan buyon bunday yomon start bo'lmagan

Omonjon To`xtamirzayev
4 noya 2024
"Manchester Yunayted" APLdagi so'nggi 38 yildagi eng yomon startini qayd etmoqda.

APL 10-turi doirasida MYU "Chelsi" bilan durang (1:1) o'ynadi.

Manchesterliklar jadvalning 13-pog'onasini band etib turishibdi. Jamoa hisobida 12 ochko bor – bu 1986/87-ylgi mavsumdan buyon eng yomon start hisoblanadi. O'shanda dastlabki 10 turdan keyin MYU bor yo'g'i 8 ochko jamg'argandi.

Premer-liganing keyingi turida "Manchester Yunayted" o'z uyida "Lester"ni qabul qiladi. Uchrashuv 10 noyabrga belgilangan.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Opta