Zinchenko "Arsenal" bilan shartnoma shartlarini kelishib oldi

Sherzod Nurmatov
19 iyul 2022, 19:21
"Manchester Siti" himoyachisi Aleksandr Zinchenko "Arsenal"ga o'tishiga bir qadam qoldi.

Insayder Fabricio Romanoga ko'ra, Ukraina terma jamoasi o'yichisi "kanonirlar" bilan 4 yilga mo'ljallangan shartnoma shartlari bo'yicha kelishuvga erishgan.

Aytishlaricha, kelishuv ortidan "Manchester Siti" 30 million funt va bonus tariqasida qo'shimcha 2 million oladi.

25 yoshli himoyachi o'tgan mavsum APL doirasidagi 15 ta o'yinda qatnashib, 4 ta golli pas uzatdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano