JCH-2013 (U17). Argentina U-17 – Avstriya U-17 uchrashuvi durang bilan tugasa O'zbekiston keyingi bosqichga chiqadi

Narzulla Saydullayev
22 okt 2013, 20:17
O'smirlar o'rtasidagi Jahon chempionatida so'nggi ikki guruhda 2-tur o'yinlari boshlandi.
Kanada va Eron o'rtasidagi o'yinda durang qayd etildi – 1:1. Qizig'i ushbu guruhda 1-turdagi ikkita o'yin ham durang bilan tugagandi. Agarda Argentina va Avstriya o'rtasidagi o'yin durang bilan tugasa u holda barcha to'rt jamoada ham 2 ochkodan bo'ladi. Bunday holatda O'zbekiston o'smirlari muddatdan oldin keyingi bosqich masalasini hal qilishadi. 

Keyingi guruhdan o'rin olgan, o'tgan turda mag'lubiyat alamini totib ko'rgan Meksika va Iroq o'zaro hisob-kitob qilishdi. Unda amaldagi o'smirlar o'rtasidagi JCH g'oliblari 3:1 hisobida zafar quchishdi. Soat 21:00da 1-turda uch ochko olgan jamoalar Shvetsiya va Nigeriya to'qnash kelishadi. 

E guruhi
Kanada U-17 – Eron U-17 1:1 (0:1, 1:0) 
Gollar
: 0:1 – 9 Karimi, 1:1 – 48 Xemilton.

21:00 - Argentina U-17 – Avstriya U-17

F guruhi
Meksika U-17 – Iroq U-17 3:1 (2:0, 1:1)
Gollar:
1:0 – 31 Dias, 2:0 – 41 Almansa, 2:1 – 61 Kareem, 3:1 – 84 Rivas.

21:00 - Shvetsiya U-17 – Nigeriya U-17

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia