

"Futbolchilarni harakatga keltirayotgan jihat – saviyani rivojlantirish. Men yigitlarga doim aytaman: hech kim ko'rmayotgan paytda ham, jimjitlikda, qorong'ilikda o'z ishingizni qilavering. Ular katta e'tiborga munosib. Biz to'rtinchi o'rinda shunchaki turganimiz yo'q, bizda sifatli yosh o'yinchilar bor. Moliyaviy muammolar tufayli tarkibimizda futbolchilar kam, shuning uchun ularni o'zim ruhlantiraman. O'zingizni ko'rsating, toki birinchi davradan so'ng sizni o'z safiga qo'shib oladigan va qadrlaydigan munosib klub topilsin. Biz ularning kelajagiga yordam berish uchun ishlayapmiz", dedi Zeytullaev.
Ayni damda “qaldirg'ochlar” Superliga turnir jadvalida 4-o'rinda bormoqda.
Avvalroq "O'zbekneftgaz" mutaxassisi tashkilot futbol klublarini, jumladan, "Bunyodkor"ni moliyalashtirishni butkul to'xtatgani hamda poytaxt klubining Rivaldo oldidagi qarzni uzish "O'zbekneftgaz"ning emas, balki bevosita klubning majburiyati hisoblanishini bildirgandi.



