Zabitcer yozda "Bavariya"dan kyetishi mumkin

Alisher
23 mar 2022, 11:50
"Bavariya" yarim himoyachisi Marsel Zabitcer yozgi transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin.

O'yinchi bosh murabbiy Yulian Nagelsmanndan norozi. Zabitcer va Nagelsmann deyarli gaplashishmayapti.

Zabitcer "Bavariya"ga o'tgan yilning yozida "RB Leyptsig"dan o'tgan edi. U 2025 yilga qadar shartnoma imzolagan.

Eslatib o'tamiz, "Bavariya" qishki transfer oynasida yangi futbolchilar bilan shartnoma imzolamadi.


AlisherMuallif
Manba: Bild