Zabihillo O'rinboev: “Ushbu g'alaba orqali tarixni yangilay oldik”

Narzulla Saydullayev
20 yanv 2018, 09:38
O'zbekiston U-23 terma jamoasi sardori Zabihillo O'rinboev O'FF rasmiy saytiga intervyu berdi va g'alaba uchun barchaga minnatdorchilik bildirdi.

U-23 Osiyo chempionati chorak finalida Yaponiyani yirik hisobda mag'lub etib, OCH yarim finaliga chiqqan

“Ushbu g'alaba orqali tarixni yangilay oldik. Ushbu turnirlar tarixidagi hozircha eng yaxshi natijani ko'rsatdik. Albatta, bu borada bizni qo'llab-quvvatlab turgan O'FF rahbariyatiga va muxlislarga rahmat. Biz g'alabalar bilan ularni xursand qilishga harakat qilamiz.

O'FF rahbariyati bizni uchrashuvlardan oldin qo'llab-quvvatlab turibdi. Bu albatta, bizga har bir uchrashuvdan oldin kuch beradi. Qolaversa, bugungi sovuqda stadionga kelib, bizni qo'llab-quvvatlab turgan o'zbekistonlik muxlislarga alohida rahmat.

Biz Yaponiyaga qarshi uchrashuvni juda yaxshi o'tkazdik. Futbolchilar bor kuchlari bilan o'ynashdi. Ushbu g'alaba bilan barchani tabriklayman. Bugungi uchrashuvdan oldin O'FF prezidenti Umid Ahmadjonovning terma jamoaga yo'llagan murojaatnomasini o'qib chiqdik va bundan albatta, xursand bo'ldik. Bu e'tibor va ishonch bizga yanada mas'uliyat yuklaydi. Ushbu turnirda terma jamoaga bildirilgan ishonchni oqlash uchun harakat qilamiz”, - dedi O'rinboev.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com