

79 yoshli menejer Tirananing “Partizan” klubida transfer maslahatchisi lavozimini egalladi.
Moji 2006 yili “Kalchopoli” ishi bo'yicha Italiyada futboldan chetlatilgan. Uni hakamlarga bosim o'tkazishda va bir qator klublar hamda hakamlar bilan kelishuvda ayblashgan.
2011 yili sud Mojini besh yilu to'rt oyga ozodlikdan mahrum etgan. Oradan bir yil o'tib, dastlab jazo muddati qisqartirilgan, so'ngra uni bekor qilishgan.



