"Yuventus" "Jenoa"ning 18 yoshli yarim himoyachisi uchun 6 mln. evro to'ladi

Aslanov Jasurbek
19 yanv 2016, 17:43
"Yuventus" "Jenoa" yarim himoyachisi Rolando Mandragorani xarid qilganini e'lon qildi.

18 yoshli futbolchi "keksa sinora" bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi, ammo joriy mavsumni "Peskara"da, ijarada yakunlaydi.

Transfer 6 mln. evroga amalga oshdi va turinliklar bu pulni 3 yil ichida to'lab berishi lozim.

Tayanch yarim himoyachi B Seriyaning 16 uchrashuvda maydonga tushgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Juventus