Yozda Ronalduning xizmatlari "Atletiko"ga taklif qilingan, ispan klubi esa buni rad etgan

Alisher
22 sen 2021, 07:06
"Manchester Yunayted" forvardi Krishtianu Ronaldu "Atletiko" o'yinchisiga aylanishi mumkin edi.

O'yinchining agenti Jorje Mendesh uning xizmatlarini Madrid klubiga taklif etgan, ammo "Atletiko" muzokaralarni boshlamaslikka qaror qilgan.

Portugaliyalik yakunda baribir "Yuventus"dan ketdi, ammo MYUga yo'l oldi. Oldinroq u Ispaniyada Madridning "Real" klubi sharafini himoya qilgan.

36 yoshli Ronaldu joriy mavsum "Manchester Yunayted" tarkibida 3ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: Cadena Ser