Yaya Ture "Tottenxem"da ish boshlashi mumkin

Alisher
11 may 2022, 10:38
"Barselona" va "Manchester Siti" sobiq yarim himoyachisi Yaya Ture "Tottenxem" murabbiyiga aylanishi mumkin.

Ture hozirda tajriba to'plash uchun "shporlar" klub akademiyasida ishlamoqda.

38 yoshli sobiq futbolchining bitim tafsilotlarini muhokama qilish uchun mavsum so'ngggiga qadar "Tottenxem" rahbariyati bilan uchrashishi kutilmoqda.

Eslatib o'tamiz, ivuarlik futbolchilik faoliyatini 2020 yilda yakunlagan edi.


AlisherMuallif
Manba: The Evening Standard