Yangi yil sabab Kavani va Pastore jazolanishadi

5 yanv 2018, 23:00
“PSJ” hujumchisi Edinson Kavani va yarim himoyachi Xaver Pastore Yangi yil bayramidan keyin belgilangan vaqtda klub ixtiyoriga qaytib kelmaganliklari uchun jarimaga tortilishadi.

RMC internet portalining xabariga ko'ra, futbochlilar 3 yanvar kuni klub qarorgohida bo'lishlari lozim edi. Ammo ular belgilangan vaqtda “PSJ” qarorgohida bo'lishmagan va klub sport direktori Antero Enrikega SMS-xabar jo'natishib, shaxsiy ishlari tufayli mashg'ulotga kechikib borishlarini ma'lum qilishgan. Ammo parijliklar rahbariyatini futbolchilarning bahonasini inobatga olmadi. Endi har ikkala futbolchi jarimaga tortilishi kutilmoqda.


Manba: RMC