Xuntelaar futbolchilik faoliyatini yakunlayotganini aytdi

Eldor Akmurzayev
13 dek 2020, 19:55
“Ayaks” a'zosi Klaas-Yan Xuntelaar joriy mavsum yakunida futbol bilan xayrlashishini e'lon qildi.

“Kelajagim haqida ko'p o'yladim. Bu mening oxirgi mavsumim bo'ladi. Uni yuqori kayfiyat bilan oxirigacha o'tkazaman.

Keyin nima bo'ladi? Biroz vaqt oilam bilan bo'laman va ozgina dam olaman. Undan so'ng esa murabbiylikka o'qib, diplom olmoqchiman”, deydi 37 yoshli niderlandiyalik.

Xuntelaar faoliyati davomida “Ayaks”dan tashqari, PSV, “Real”, “Milan”, “Shalke 04” kabi jamoalar sharafini himoya qilgan.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Voetbalzone