Klaus "Atletiko" qiziqishiga qaramay, "Marsel"da qolishni afzal bildi

Omonjon To`xtamirzayev
26 may 2023, 11:42
"Marsel" himoyachisi Jonatan Klaus yozda jamoani tark etmasligini ma'lum qildi.

"Ekstraordinar nimadir ish yuz bermasa, yozdan keyin ham men "Marsel"da bo'laman.

Fransiya terma jamoasi futbolchisi 2022 yil yozida 7,5 million evro evaziga "Lans"dan "Marsel"ga ko'chib o'tgandi.

Ushbu mavsumda Jonatan "Marsel" safida chempionatning 32 o'yinida maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 9 ta golli uzatma etkazib berdi. 


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: footmercato.net