Xuan Mata "Galatasaroy"dan ketdi

Mirjalol Normatov
2 iyul 2023
"Galatasaroy" matbuot xizmati ispaniyalik Xuan Mataning jamoadan ketganligini ma'lum qildi.

Mata 2022 yilda turk klubi safiga ko'chib o'tgandi. Shtgan mavsumda 35 yoshli ispaniyalik futbolchi jamoa tarkibida 16 o'yinda qatnashib, 3 gol va 1 assist qayd etdi va chempionlikni qo'lga kiritdi.

Bunga qadar Mata "Manchester Yunayted", "Chelsi", "Valensiya" va "Real" kabi jamoalar tarkibida ham harakat qilgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/GalatasaraySK