"Xoffenxaym" xo'jayini koronavirusga qarshi vakcina ishlab chiqarish ustida ishlamoqda

Alisher
17 mar 2020, 13:35
"Xoffenxaym" xo'jayini Ditmar Xoppga tegishli kompaniyalardan biri koronavirusga qarshi vakcina ishlab chiqarish ustida ishlamoqda.

Xabar qilinishicha, ushbu ishlar yanvar oyidan boshlangan. Xopp vakcina ustida ishlayotgan CureVac kompaniyasining 80% akciyasiga egalik qiladi.

"Bu Paul Erlixga bog'liq (Germaniya vakcinalar va biotibbiyot vositalari bo'yicha federal institut).

Dastlab uni hayvonlarda sinab ko'rish kerak, keyin odamlarda", - deydi "Xoffenxaym" xo'jayini.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin Germaniya chempionati doirasidagi "Xoffenxaym" - "Bavariya" (0:6) o'yinida Xopp nomiga nomaqul so'zlar yangragan edi.


AlisherMuallif
Manba: sport1.de