Xitoydagi turnirning 3-o'rin uchun bahsida jamoa 100dan oshiq gol o'tkazib yubordi

Mirjalol Normatov
10 may 2020, 14:44
Xitoyning Uchuan shahrida havaskor futbol turniri bo'lib o'tdi.

Turnirning yarim finalida "Cayu" jamoasi penaltilar seriyasida mag'lub bo'lib, final yo'llanmasiga ega bo'la olmadi. Jamoa ushbu o'yindagi hakamlikdan norozi bo'ldi va 3-o'rin uchun o'tkazilgan o'yinda raqiblariga 100dan oshiq gol urishiga imkoniyat yaratib berdi.

Rasmdagi hisobga qarasak, 71-daqiqada 100:3 bo'lganini ko'rish mumkin.

Uchuan futbol assotsiatsiyasi vakili bu borada tekshiruv ishlarini boshlab yuborgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia