Xitoydagi turnirning 3-o'rin uchun bahsida jamoa 100dan oshiq gol o'tkazib yubordi

Mirjalol Normatov
10 may 2020
Xitoyning Uchuan shahrida havaskor futbol turniri bo'lib o'tdi.

Turnirning yarim finalida "Cayu" jamoasi penaltilar seriyasida mag'lub bo'lib, final yo'llanmasiga ega bo'la olmadi. Jamoa ushbu o'yindagi hakamlikdan norozi bo'ldi va 3-o'rin uchun o'tkazilgan o'yinda raqiblariga 100dan oshiq gol urishiga imkoniyat yaratib berdi.

Rasmdagi hisobga qarasak, 71-daqiqada 100:3 bo'lganini ko'rish mumkin.

Uchuan futbol associaciyasi vakili bu borada tekshiruv ishlarini boshlab yuborgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia