Xenderson "Liverpul"dagi 400-o'yinini o'tkazdi

Alisher
29 sen 2021
"Liverpul" sardori Jordan Xenderson klub safida 400-o'yinini o'tkazdi.

Futbolchi uchun Chempionlar Ligasi guruh bosqich 2-tur doirasidagi "Portu" (5:1)ga qarshi o'yin yubiley bo'ldi.

"Har kun "Liverpul"ga borimni berishga harakat qilaman. Men uchun ushbu libosni har o'yinda kiyin g'ururdir. 

Menga bu yerda hech nima kafolatlanmagan. 400ta o'yin - katta yutuq, ammo men bu bilan cheklanmoqchi emasman", - deydi Xenderson.


AlisherMuallif
Manba: uefa.com