Xarri Keyn: "Tottenxem" kimni xohlasa sotib olishi mumkin"

Tolibjon Qosimov
23 iyul 2018
"Tottenxem" hujumchisi Xarri Keyn jamoaning mavsumlar oralig'idagi transfer siyosati haqida gapirdi.

"Bu murabbiy va prezidentga bog'liq. Aminman, klub kimni xohlasa sotib olishi mumkin. Va kimni sotib yuborishni istasa, o'shandan qutulishi ham mumkin. Biz shunchaki diqqat-markazida bo'lishimiz darkor. Bizda yildan-yilga kuchayib borayotgan ajoyib jamoa bor", - deya Keynning so'zlarini keltirdi "Sky Sports".


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Sky Sports