Xames: “Everton”da qolishni xohlagandim, ammo ...”

Eldor Akmurzayev
21 fev 2022, 08:15
Hozirda “Al Rayyan”da o'ynayotgan Xames Rodriges “Everton”dan kyetish sababini tushuntirdi.

“Everton” uzoqroq qolishni istagandim. Bu aql bovar qilmas muxlislarga ega ajoyib klub, ammo menga ishonmaydigan murabbiyga duch keldim. U yerda qolmoqchi edim”, deydi kolumbiyalik.

Eslatib o'tamiz, Xames kuzda Osiyoga yo'l oldi. O'shanda “Everton”ni Rafael Benites boshqarardi.

U joriy mavsum “Al Rayyan” safida 9 o'yinda qatnashib, 3+4 natija ko'rsatmoqda. 30 yoshli futbolchining jamoa bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar tuzilgan.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano