

"Vulverxempton" APLda "Manchester Yunayted" bilan durang o'ynadi (1:1).
Shu tariqa, "bo'rilar" Angliya oliy divizioni tarixida dastlabki 19 turda birorta ham g'alabaga erisha olmagan ikkinchi klubga aylandi.
Ushbu antirekordni birinchi bo'lib 1902/03 yilgi mavsumda "Bolton" o'rnatgan edi.
APL joriy mavsumining birinchi davrasidan so'ng "Vulverxempton" 3 ochko bilan jadvalning eng so'nggi pog'onasini band etib turibdi.



