Vu Ley "Espanol" klubida debyut uchrashuvini o'tkazdi

4 fev 2019, 23:07
Xitoy terma jamoasining asosiy hujumchisi Vu Ley "Espanol"dagi ilk rasmiy o'yinini o'tkazdi.

"Vilyarreal" bilan bo'lgan bahsda xitoylik 78-daqiqada maydonga tushib o'yinni davom ettirdi. Ushbu bellashuv 2:2 hisobida o'z nihoyasiga etdi. Bu bilan u LaLigada ko'rinish bergan ikkinchi xitoylik futbolchiga aylandi. 2015 yilda "Rayo Valekano" tarkibida Jang Chengdong qatnashgandi (1ta uchrashuv). Ajoyib.


Manba: Twitter.com/OptaJose