La Liga. Autsayder “Espanol” Vu Leyning goli evaziga ishonchli g'alabaga erishdi

Eldor Akmurzayev
13 iyun 2020, 19:08
Ispaniya chempionatining 28-turi doirasida “Espanol” o'z maydonida “Alaves”ni qabul qilib, 2:0 hisobida zafar quchdi.

Bahsda hisobni 1-taym uchun hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda Bernardo ochdi. 2-bo'lim boshida esa xitoylik Vu Ley raqib darvozasini ishg'ol etib, o'yinga yakuniy nuqtani qo'ydi. Mazkur g'alabaga qaramay “Espanol” jadvalda so'nggi pog'onadan ko'tarilmadi.

Espanol – Alaves 2:0 (1:0, 1:0)

RCDE Stedium

Gollar: 1:0 – 45 Espinosa, 2:0 – 47 Vu Ley.

Espanol – Olasabal, Didak Vila, Kabrera, Espinosa, David Lopes (Iturraspe, 85), Embarba (Darder, 52), Melendo (Vargas, 78), U Ley (de Tomas, 51), Roka, Xavi Lopes, Kaleri (Ferreyra, 86).

Alaves – Pacheko, Duarte, Ximo Navarro, Eli (Pina, 56), Agirregabiria, Aleish Vidal (Pere Pons, 46), Kamarasa (Sayns, 82), Mendes (Roberto, 21), Feysa (Rioxa, 55), Berk, Laguardia.

Ogohlantirishlar: Embarba (4), Vu Ley (26), Laguardia (52), Rioxa (65), de Tomas (73), Berk (78), Kaleri (85).

Chetlatish: Pacheko (19).


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia