

Birinchi o'yin “Volfsburg” maydonida o'tkazilib, unda mezbonlar zafar (1:0) quchishgandi. Javob uchrashuvida ham “bo'rilar” kiritilgan birgina gol evaziga g'alaba qozonishdi.
Yagona gol 49-daqiqada Adelin Vieyrinya tomonidan kiritildi. “Volfsburg” o'tgan mavsum Bundesligada 16-o'rinni egallagandi. “Ayntraxt” esa ikkinchi Bundesligada uchinchi bo'lgan edi.




