"Vlaxovich 3 yildan beri kuchaymadi"

Sherzod Nurmatov
27 yanv 2025
Italiyalik sobiq hujumchi Alessandro Matri Dushan Vlaxovichning "Yuventus"dagi muammolari haqida gapirdi.

Serbiyalik futbolchi "byankoneri" asosiy tarkibiga kirmay qo'ydi: so'nggi uchta o'yinda Tiago Motta uni faqat yakunda zaxiradan maydonga tushirdi. Futbolchi A Seriyadagi so'nggi golini 14 dekabr kuni "Veneciya"ga urdi.

"Vlaxovich 3 yildan beri kuchaymadi. Hamma narsada Allegri aybdor qilishdi, lekin u Motta bilan ham qiynalmoqda. Bu faqat uning aybimi yoki unga etarlicha imkoniyat yaratib berilmayaptimi, buni aniqlash kerak. Shartnoma bilan bog'liq vaziyat ham o'z ta’sirini o'tkazmoqda", – dedi Matri.

Vlaxovich 2022 yilning yanvarida "Fiorentina"dan 83,5 mln evro evaziga "Yuventus"ga o'tgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/NicoSchira