Vladimir Bubanya: "Andijon" bilan kechgan ssenariyni yana takrorlashni istayman"

Iskandarov Abdulaziz
15 fev 2026, 09:50
O'zbekiston chempionatida bir necha yillardan buyon o'ynab kelayotgan serbiyalik himoyachi Vladimir Bubanya yo'llarini Bekobod bilan bog'ladi.

 U joriy mavsumda "Metallurg"da to'p tepadi. Uning bu jamoaga o'tishi haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.

"Metallurg" jiddiy jamoa ekanligini butun O'zbekiston yaxshi biladi. O'ylaymanki, bu yil oldimizga qo'yilgan vazifani uddasidan chiqa olamiz. Bekobodga Superligani qaytarishimiz kerak.

"Andijon"dagi ssenariyni takrorlashni istayman. O'shanda ham jamoa bilan Pro ligadan Superligaga chiqqandik va O'zbekiston kubogini yutgandik. Bu men uchun ideal yakun bo'ladi. Ilhom Mo'minjonovni yaxshi bilaman. Bir-birimizni tushunishda muammo bo'lmaydi",- deydi Bubanya.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia