Vitaliy Denisov: "Eng asosiysi uch ochkoni qo'lga kiritdik"

Aslanov Jasurbek
8 dek 2018, 17:40
"Krilya Sovetov" himoyachisi Vitaliy Denisov "Rostov"ga qarshi bo'lib o'tgan Rossiya Premer-ligasi bahsi (1:0) haqida fikr bildirdi.

"Asosiysi - uch ochkoni qo'lga kiritdik. Yilning oxirgi o'yinida ochko suv va havodek muhim edi. Biz murabbiy ko'rsatmalarini bajardik, tartibli o'yin namoyish etdik. Kamchilikda qolgandik, keyin futbolchilar soni tenglashdi, bahs oxirida esa raqibning yana bir futbolchisi chetlatildi. Endi mavsumning birinchi qismida yo'l qo'ygan xatolarimizdan to'g'ri xulosa chiqarib, ikkinchi davraga tayyorlanishimiz kerak. Dam olib, kuch yig'ishimiz kerak" - deydi Vitaliy Denisov.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: kc-camapa.ru