

"Chexni xarid qilish qarori juda qiyin bo'ldi, chunki David Ospina ham kuchli darvozabon. Menimcha, Angliyada unga to'g'ri baho berishmayapti, ammo Chexning xarid qilinishi katta foyda keltirdi. Agar bu ishni amalga oshirmaganimda, afsuslanardim. Chex xuddi o'ynovchi murabbiydek, chunki kam harakatlanadi, ammo hamma narsani ko'radi. U jamoadoshlariga ko'rsatma berib turadi, himoyachilar bilan ko'p muloqot qiladi" - deydi Venger.



