Vanda Nara: "Transfer oynasining birinchi kunida telefonimni o'chirib qo'yaman"

Tolibjon Qosimov
14 may 2019, 10:55
"Inter" hujumchisi Mauro Ikardining turmush o'rtog'i va agenti Vanda Nara futbolchi Milan klubida qolmoqchi ekanligini aytib o'tdi.

"Mauro "Inter"da qolishni xohlashini aytishdan charchadim. Transfer oynasining birinchi kunida telefonimni o'chirib qo'yaman. Takliflar bo'ldi, ammo u "Inter"da qoldi. U bilan eng yaxshi klublar bog'lanishdi, eng zo'r murabbiylar uni jamoasida ko'rmoqchi. Lekin, Mauro kim murabbiy bo'lishidan qati nazar "Inter"da qolishim kerak deb hisoblamoqda. Luchano Spallettining so'zlariga ko'ra esa, "Inter" uning qolishini xohlamayapti", - dedi Nara.


Eslatib o'tamiz, kechagina Vandaning umuman boshqa manodagi gapi OAVlarda tarqalgan edi >>> Vanda Nara: "Mauro va Ronaldu birga o'ynashi mumkin" 


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Sport Mediaset