Van Nistelroy: “U meni to'purar bo'lishimni istamagandi”

Eldor Akmurzayev
7 mar 2020
MYUning sobiq forvardi APL 2001/02 yilgi mavsum to'purari bo'lishiga Aleks Fergyuson halaqit qilgani haqida gapirdi.

“Premer-liga yakuniga uch tur qolganida titulni qo'lga kiritish imkoniyatini mahrum bo'ldik, ammo men to'purarlar poygasida yetakchi edim. Aleks Fergyuson esa kimdir o'zib kyetishi uchun qolgan o'yinlarda meni zaxiriga o'tkazib qo'ydi. MYU chempionatni yuta olmagani bois, Fergyuson ham meni g'olib chiqishimni xohlamadi”, deydi gollandiyalik.

Eslatib o'tamiz, o'sha mavsum “Arsenal” afsonasi Terri Anri 24ta gol bilan musobaqa “Oltin butsa”sini o'ziniki qilib olgandi. 2-o'rindagi Nistelroy hisobida esa 23 to'p bor edi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: euro-football.ru