Van Basten: “Neymar – haqiqiy yig'loqi”

Eldor Akmurzayev
11 okt 2022
“Ayaks” sobiq forvardi Marko van Basten PSJ hujumchisi Neymarni tanqid qildi.

“Neymar – haqiqiy yig'loqi, u doimo asabga tegadi. Sekund oldin u kimgadir qo'pollik ishlatadi, keyin esa jabrlanuvchi rolini maxorat bilan amalga oshiradi. Unga tegish mumkin emas. Maydondagi yoqimsiz kimsa”, degan niderlandiyalik.

Eslatib o'tamiz, Neymar joriy mavsum parijliklar safida 13 bahsda qatnashib, 9+7 natija ko'rsatmoqda.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: The Sun