Ushbu mavsumda eng ko'p maosh olayotgan futbolchilar kuchli o'nligi ma'lum bo'ldi

Mirjalol Normatov
13 noya 2018, 21:06
Italiyalik jurnalist Tankredi Palmeri ushbu mavsumda eng ko'p maosh olayotgan futbolchilar reytingini taqdim qildi.

Hozirda eng ko'p maoshni "Barselona" futbolchisi Leo Messi olmoqda. Uning yillik maoshi 40 mln evroni tashkil qiladi. Ikkinchi o'rinda "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu qayd etilgan - 31 mln evro. Kuchli uchlikni Neymar yakunlab bergan - 30 mln evro.

Kuchli  o'nlik shunday ko'rinish olgan:

4. Andres Inesta ("Vissel Kobe") – 25 mln
5. Oskar ("Shanxay Telleys") – 24
6. Aleksis Sanches ("Manchester Yunayted") – 22,5
7. Antuan Grizmann ("Atletiko") – 20
8. Xalk ("Shanxay Telleys") – 20
9. Xaver Maskerano (Xebey Chayna Forchun) – 19
10. Gabi ("Al-Sadd") – 19.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia