Useyn Bolt: “Beylga yanada tezkor o'yinchi bo'lishiga yordam berishim mumkin”

Tolibjon Qosimov
26 sen 2013, 11:34
Olti karra olimpiyada chempioni yamaykalik sprinter Useyn Bolt, “Real” klubi yarim himoyachisi Garet Beylga yordam taklif qildi.

“Beylga yanada tezkor o'yinchi bo'lishiga yordam berishim mumkin. Men “Real” klubini juda hurmat qilaman va shu sababli klubga yoki Garet Beylga yordamim kerak bo'lsa, Madridga kelib Garet bilan individual tarzda mashg'ulot olib boraman.

Beyl mening tezligimga yaqin tezlikda yugura olishi haqida eshitganman, biroq yana yaxshiroq bo'lish uchun yugurish texnikasini puxta egallash kerak.

Bundan oldin Krishtianu Ronalduga tezlikni qanday oshirish kerakligi bo'yicha yordam berganman. Mana endi ko'rib turganingizdek futbolchi bu borada katta yutuqlarga erishdi”, - deydi Bolt.

Ta'kidlab o'tish kerak, Beylning tezligi soatiga 40 km tashkil etsa, Boltning tezligi bu ko'rsatgich bo'yicha soatiga 43 kmdan sal ko'proqni tashkil etadi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru