Upamekano "Chelsi"ga o'tishi mumkin

Mirjalol Normatov
10 yanv 2021, 14:33
"Leyptsig" himoyachisi Dayot Upamekanoga "Chelsi" tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda.

Futbolchining tovon puli 40 mln evroni tashkil qiladi. Uning xizmatlariga "Manchester Yunayted" va "Liverpul" tomonidan qiziqishlar bor. Upamekano ushbu mavsumda 21 o'yinda 1 gol urdi.

Klubdagilar uni 60 mln evrodan kamiga sotmoqchi emas. "Chelsi" va "Leyptsig" o'rtasidagi munosabatlar yaxshi ekanligini inobatga olsak, transfer amalga oshish extimoli yuqori.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Mail