

“Birinchi o'yindagi omadsiz natijadan so'ng javob o'yinida qattiq harakat qilishimiz oldindan ma'lum edi. Biz ikki yoki uchta gol urishimiz kerak edi. Bu yaxshi chaqiriq edi. Birinchi o'yinda ham aslida ko'prog'iga loyiq edik, ammo gol ura olmagan edik. Bu safar esa o'z imkoniyatimizni qo'ldan boy bermadik. Diqqat-e'tiborni bir joyga jamlay oldik, endi esa Yevropa ligasida qolmoqdamiz”,-deydi Emeri.



