UEFA Evro-2024 qaydnomasini 26 nafar o'yinchigacha oshirdi

Administrator
4 may 2024
Avvallari 23 nafar futbolchini qaydnomaga kiritish mumkin edi.

UEFA Evro-2024da qatnashuvchi terma jamoalar qaydnomasini 26 nafar o'yinchigacha oshirdi. Avvallari faqat 23 nafar o'yinchi yakuniy ro'yxatdan o'rin olishi mumkin edi. UEFA ijroqo'mi masofadan ovoz berish yo'li bilan ushbu qarorni tasdiqladi. 

Endi 26 nafar o'yinchi qaydnomadan joy oladi va ularning barchasi zaxira o'rindig'ida qayd qilinishi mumkin. 

Eslatib o'tamiz, bunday amaliyot 2021 yil o'tkazilgan Evro hamda Qatardagi Jahon chempionatida ham amal qilgandi.

Ma'lumot uchun, Germaniya mezbonlik qiladigan Yevropa Chempionati 14 iyundan 14 iyulga qadar o'tkaziladi. Barcha jamoalar yakuniy ro'yxatni 7 iyun sanasiga qadar taqdim qilishlari lozim. 


AdministratorMuallif
Manba: twitter.com/UEFA