

"Barselona" va "Atletiko" Chempionlar Ligasi chorak finalining birinchi o'yinidan so'ng "Barselona" hakamning qarori bo'yicha shikoyat bilan murojaat qildi. 2026 yil 13 aprelda UEFA Nazorat, etika va intizom qo'mitasi norozilikni nomaqbul deb e'lon qildi", – deyiladi UEFA bayonotida.
Kataloniya klubi "Atletiko" himoyachisi Mark Pubil qo'l bilan o'ynaganidan keyin penalti belgilanmaganidan norozi. "Barselona" bu qaror noto'g'riligini va bu o'yin natijasiga bevosita ta’sir qilganini aytdi. Javob o'yini 14 aprel kuni Madridda bo'lib o'tadi va Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.



