U-23 Osiyo chempionatiga saralash. O'zbekiston bugun Nepal bilan o'ynaydi

Xayrulla Xoliqov
17 iyul 2017
Ayni paytda BAAda bo'lib trugan O'zbekiston U-22 yoshlar terma jamoasi bugun saralashda ikkinchi o'yinini o'tkazadi.

 Ravshan Haydarov shogirdlari bugun Nepalga qarshi bahs olib borishadi. O'yin bizning vaqt bilan 19:25da boshlanadi. Birinchi uchrashuvda yoshlarimiz Livanni 3:1 hisobida mag'lub etishgandi. Bobir Abduxoliqov ikki bor to'p kiritgan bo'lsa, yana bir golni livanliklar vakili o'z darvozasiga yo'llab qo'ygandi. 

Eslatib o'tamiz, 1-turda Nepal mezbon jamoa BAAga yirik 0:5 hisobida imkoniyatni boy bergan. Saralash o'yinlarida guruh g'oliblari U-23 Osiyo chempionatiga yo'llanma olishadi. 

17 iyul, dushanba

19:25. Nepal - O'zbekiston

22:15. Livan - BAA



Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia