U-16 Osiyo chempionatiga saralash. Janubiy Koreya qiyinchilik bilan g'alaba qozondi

Xayrulla Xoliqov
21 sen 2019, 12:20
Ma'lumki, kelasi yil Bahraynda navbatdagi U-16 Osiyo chempionati bo'lib o'tadi.

Ayni paytda 47ta jamoa ishtirokida 11 mamlakatda saralash o'yinlari o'tkazilyapti. Saralashda qatnashayotgan jamoalar 11 guruhga bo'lingan hamda har bir guruh g'oliblari bilan birga to'rtta eng yaxshi ikkinchi o'rin egasi musobaqaning final bosqichiga yo'llanma oladi. 

Quyida  "I", "J", "K" guruhlaridagi vaziyatga to'xtalib o'tamiz. 


"I" guruhi - Singapur (mezbon), KXDR, Gonkong, Guam. 

2-tur. 19 sentyabr

Guam - Gonkong 1:4

Singapur - KXDR 1:6

 


"J" guruhi - Laos (mezbon), Yaponiya, Malayziya, Kambodja. 

2-tur. 20 sentyabr

Kambodja - Yaponiya 0:8 

Laos - Malayziya 1:0 

 


"K" guruhi - Myanma (mezbon), Janubiy Koreya, Tailand, Xitoy Taypeyi. 

2-tur. 20 sentyabr

Xitoy  Taypeyi - Tailand 0:6 

Myanma - Janubiy Koreya 0:1

 


Eng yaxshi ikkinchi o'rindagilar ko'rsatkichi quyidagicha ko'rinish olgan.


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia