"Tottenxem" yana bir xaridni amalga oshirishga yaqin

Alisher
14 iyun 2022
"Tottenxem" "Brayton" yarim himoyachisi Iv Bissumani xarid qilishga yaqin.

"Shporlar" 25 yoshli malilikni xarid qilish borasida kelishuvga erishdi, futbolchi ushbu haftada tibbiy ko'rikdan o'tishi kerak.

"Tottenxem" uchun transfer 25 million evro atrofidagi mablag'ga tushadi.

Bissuma o'tgan mavsum "Brayton" safida 28ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 2ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: The Times